Sirdaryo viloyatida «Lasetti»ning gaz balloni portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Sirdaryo viloyatida “Lasetti” avtomashinasida gaz balloni yorilishi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Bugun, 1 iyun soat 03:40larda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Zafar qishlog‘ida yashovchi fuqaroning boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Yangi Davr” MFY hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘lida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomashinaga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olib, Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

13:37 / 07.05.2025