Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minsk Latviya elchixonasining barcha xodimlaridan Belarusni tark etishni talab qildi
Bunga javoban Latviya Belarusning barcha diplomatlarini chiqarib yuborishga qaror qildi.
Belarus hukumati Latviya elchixonasining barcha xodimlaridan Belarusni tark etishni talab qildi. Bu haqda Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ma'lum qildi, deb xabar berdi BelTa.
Makeyning so‘zlariga ko‘ra, Latviya elchisi Rigada Belarus bayrog‘i bilan bog‘liq voqea yuzasidan mamlakat tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.
«Bu voqeada Riga shahri meri bilan birga Latviya tashqi ishlar vazirining qatnashishi juda achinarli», — dedi Makey.
Uning aytishicha, elchiga Belarusni bir sutka ichida tark etish taklif qilingan.
«Binoga qarab turish uchun bir nafar ma'muriy-texnik xodim qoladi», — dedi vazir.
Bunga javoban Latviya Belarusning barcha diplomatlarini chiqarib yuborishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Avvalroq Latviya poytaxtida Belarus davlat bayrog‘i muxolifat bayrog‘iga almashtirilgandi. Bayroq hokkey bo‘yicha jahon chempionatida qatnashuvchi terma jamoalar o‘yinchilari yashayotgan Radisson Blu Hotel Latvija mehmonxonasi yonida ko‘tarilgan.
Bayroqni almashtirishda Riga shahar dumasi raisi Martinsh Stakis hamda Latviya tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevich ishtirok etgan.
Mavzuga oid

15:07 / 21.07.2025
Latviya O‘zbekistonda xalqaro maktab tashkil etish imkonini ko‘rib chiqmoqda

07:40 / 18.07.2025
Latviya sudi "Dojd" litsenziyasini qaytarib olish qarorini bekor qildi

13:39 / 15.07.2025
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi

13:45 / 08.07.2025