Jahon | 13:39
736
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi

15 iyuldan boshlab Latviyaga faqat biometrik xorijga chiqish pasportiga ega Rossiya fuqarolari kirishi mumkin, deb xabar qildi mamlakat TIV. Litva avval ham xuddi shunday choralarni joriy qilgan edi.

Foto: Alii Sher/ Shutterstock/ FOTODOM

15 iyul, seshanba kuni Rossiya fuqarolarining biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasporti bilan Latviyaga kirishiga taqiq kuchga kirdi. Bu chorani avvalroq mamlakat tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan edi.

Qaror kuchga kirgan paytdan boshlab Riga pasportida biometrik ma’lumotlari bo‘lmagan rossiyaliklarga viza berish va yashash uchun ruxsatnoma olish uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatadi. Vazirlik shuningdek, Latviyada uzoq muddatli vizalar yoki yashash uchun ruxsatnomalar bilan bo‘lgan eski namunadagi pasportga ega rossiyaliklarga olti oy muddat berilishini va bu muddat davomida biometrik pasport olinishi kerakligini ta’kidladi.

1 iyundan boshlab Litva Rossiyaning biometrik bo‘lmagan pasportlarini tan olishni to‘xtatdi va Rossiya fuqarolarining o‘z hududiga bunday hujjatlar bilan kirishini taqiqladi. Istisno faqat temiryo‘l orqali Kaliningrad viloyatidan Rossiyaga va orqaga tranzitda sayohat qiluvchilar uchun amal qiladi.

«Ushbu qaror bilan biz shunga o‘xshash cheklovlarni joriy etgan boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qo‘shildik», deb ta’kidladi Litva TIV. Biometrik bo‘lmagan rus pasportlari Daniya, Chexiya, Estoniya, Fransiya va Islandiya tomonidan tan olinmaydi.

Mavzuga oid