Malta YeIda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetga erishgan mamlakatga aylandi
Katta yoshli aholining 42 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning har ikki dozasi bilan emlandi.

Foto: REUTERS/Darrin Zammit Lupi/File Photo
Maltada katta yoshli aholining 70 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasini olib bo‘ldi. Bu bilan mamlakat YeIda birinchi bo‘lib jamoaviy immunitetga erishdi, deb ma'lum qildi Malta sog‘liqni saqlash vaziri Kris Ferne. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Har besh soniyada emlash amalga oshirilmoqda. Katta yoshli aholining 42 foizi ikki dozani qabul qildi», – dedi Ferne.
Fernening qo‘shimcha qilishicha, «vaksina virusga qarshi qurol» hisoblanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iyuldan boshlab to‘liq emlangan shaxslar ko‘chada niqob taqishga majbur bo‘lmaydi, ammo binolar ichida barchaning niqob taqishi majburiyligicha qoladi.
Pandemiya boshlanganidan buyon Maltada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 30,5 ming holat qayd etilgan, 417 bemor vafot etgan.
Hozirga qadar Maltada 16 yoshdan oshgan 474,4 ming kishi koronavirusga qarshi emlangan.
Mavzuga oid

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025