G‘azo sektorida Isroil hujumi qurbonlari soni qariyb 140 nafarga yetdi
Halok bo‘lganlarning 39 nafari voyaga yetmaganlar va 22 nafari ayollar.

Foto: Reuters
Isroil tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari oqibatida G‘azo sektorida kamida 139 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq inson jarohatlandi. Bu haqda sohilbo‘yi anklavi sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Isroil tajovuzi natijasida 139 kishi halok bo‘ldi, ular orasida 39 nafar voyaga yetmaganlar va 22 nafar ayol bor, mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohati oldi", - deya vazirlik bayonotidan iqtibos keltirmoqda Saut Al-Aqsa radiostansiyasi.
Isroil va G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS va «Islom jihodi» harakatlari o‘rtasidagi navbatdagi ixtilof 10 may kuni boshlandi. HAMAS Isroilga ultimatum qo‘yib, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi hududlar va Shayx Jarroh dahasidan xavfsizlik kuchlarini olib chiqishni talab qilib, yo‘qsa urush boshlash bilan tahdid qilgan.
Bundan avvalroq ushbu hududlarda Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Ularning boshlanishiga Isroilning Shayx Jarrohdan falastinlik oilalarni chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan. HAMAS o‘z talabi bajarilmagach, Isroilga raketalar bilan zarba berishni boshlagan. O‘tgan davr ichida G‘azodan Isroil tomon 2 mingtaga yaqin raketa otilgan. Zarbalar davomida Isroilda 9 kishi halok bo‘lgan. Bunga javoban Isroil havo amaliyotini boshlab, HAMAS va «Islom jihodi»ning G‘azodagi obektlariga zarba bera boshlagan. Hozirda mamlakatning ko‘plab shaharlarida arablar va yahudiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.
Mavzuga oid

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

13:46 / 18.04.2025
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti

19:46 / 17.04.2025
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi

13:43 / 15.04.2025