Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda YPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi
Andijonda YPX xodimlarining xizmatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi.
Joriy yilning 11 may kuni Marhamat tumaniga jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan Andijon viloyati IIB YHXB YPXB inspektori K.Jalilov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida «Mersedes» rusumli avtomashina haydovchisi transport vositasining davlat raqam belgisi ko‘rinishini yashirgan holda, to‘xtash taqiqlangan joyda to‘xtagani sababli haydovchi O.M.dan tegishli hujjatlarini so‘ragan vaqtida haydovchi xodimga faol qarshilik ko‘rsatib hujjatlarni taqdim etmagan. Biroz vaqt oralig‘ida bir necha fuqaro to‘planib xodim xizmatiga to‘sqinlik qilishgan.
Xodim holat yuzasidan tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hujjatlar ko‘rib chiqilishi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudiga yuborilgan.
Joriy yilning 12 may kuni mazkur holat yuzasidan sudning ochiq majlisi bo‘lib o‘tib, O.M.ga BHMning 3 miqdorida, K.M. va Sh.A.ga 1 miqdorida, M.J.ga 2 miqdorida jarima jazosi belgilangan hamda fuqarolar F.X., A.T., A.Yu.ga nisbatan 5 sutka va M.M. hamda B.N.ga 3 sutka ma'muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Avvalroq, Andijonda fuqaro va YPX xodimi o‘rtasidagi janjal yuzaga kelgan edi.
Mavzuga oid

23:09 / 26.07.2025
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025