Sirdaryoda uchta hudud aholisi elektr tarmog‘idan uzilib qoldi
Sirdaryo viloyatida kuchli shamol elektr uzatish tarmoqlariga ham zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kuchli shamol esishi natijasida Xovos, Boyovut tumanlari va Yangiyer shahridagi elektr uzatish tarmoqlariga zarar yetgan.
Hozirda «Sirdaryo HETK» AJ ishchi xodimlari tomonidan ushbu talafotlarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani aytiladi.
Tez orada elektr tarmog‘idan uzilib qolgan iste'molchilar tarmoqqa qayta ulanishi bildirilgan.
Avvalroq, Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida bank binosining tomi qulab tushgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025