Sirdaryoda Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i jinoyat ustida ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Getty Images
Departament xabariga ko‘ra, tadbir davomida Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i N.T. firibgarlik, ya'ni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan “O.” MChJning 2020 yildagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 230 mln so‘m salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilishini tezlashtirib berish evaziga jamiyat hisobchisidan ushbu summaning 5 foizi, ya'ni 11,5 mln so‘m talab qilib, 1 000 AQSh dollari va 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Aksilmonopoliya qo‘mitasining Surxondaryodagi boshqarmasi mas'ul xodimi pora bilan ushlangandi.
Mavzuga oid

10:10 / 17.06.2025
Markaziy bank fuqarolarni raqamli firibgarlik haqida ogohlantirdi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025