Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus davlat pedagogika institutiga qabul jarayonida imtihon o‘tkazish qaydnomalari soxtalashtirilgani ma'lum bo‘ldi
Nukus davlat pedagogika institutidagi fakultet qabul komissiyasi mas'ul xodimlari ijodiy imtihon orqali o‘qishga qabul qilish jarayonida ayrim abituriyentlarga qo‘shimcha ballar yozishgani aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi fuqaro G.B. Nukus davlat pedagogika instituti fakultetlaridan birida 2020/2021 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarining rasmiylashtirilishidan norozi bo‘lib Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat qilgan.
U o‘z shikoyatida Nukus davlat pedagogika institutidagi fakultet qabul komissiyasi mas'ul xodimlari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon orqali o‘qishga qabul qilish jarayonlarida ayrim abituriyentlarga to‘plagan ballariga qo‘shimcha ballar yozilgani hamda imtihon natijalarini e'lon qilishda belgilangan tartibga rioya etilmaganini bildirgan.
Agentlik tomonidan murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari mavjud bo‘lishi mumkinligi inobatga olinib, holat yuzasidan o‘rganilishi uchun to‘plangan hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga yuborilgan.
Prokuratura tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida kasbiy (ijodiy) imtihon orqali o‘qishga qabul qilish jarayonlarida komissiya raisi va komissiya a'zolari tomonidan imtihon o‘tkazish qaydnomalariga soxtalashtirish yo‘li bilan yolg‘on ma'lumotlar kiritilgani aniqlangan.
«Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi materiallari tergovga tegishliligi bo‘yicha ichki ishlar organlariga yuborilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan kelgusida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi», deyiladi agentlik ma'lumotida.
Mavzuga oid

23:30 / 02.08.2025
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti

22:53 / 31.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi

17:35 / 31.07.2025
Litva bosh vaziri korrupsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqdi

10:59 / 31.07.2025