Shayxontohur tumanida 8 yoshli qiz issiq suv quvuri temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etdi
Holat yuzasidan Shayxontohur tumani elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etganligi haqida xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, Shayxontohur tumani, Oqtepa mavzesi, 15-uy oldidagi elektr kabeli ilingan issiq suv quvurida elektr kuchlanishi yuzaga kelgan.
Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, 2020 yil 20 avgust kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz ushbu quvurining temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 22 avgust kuni Shayxontohur tumani elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi

14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi

23:25 / 06.01.2025
Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha energiya tarmoqlari himoyasiga 600 mln dollar sarmoya kiritadi

21:48 / 26.11.2024