New York Times gazetasi «qora» so‘zini bosh harf bilan yozishga qaror qildi
Avvalroq Associated Press agentligi ana shunday tashabbus bilan chiqqandi.

Foto: Reuters
The New York Times gazetasi qora tanlilarga hurmat sifatida o‘z maqolalarida black («qora») so‘zini bosh harfda yozishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, «AQSh va boshqa joylardagi kelib chiqishi afrikalik bo‘lganlarga nisbatan «qora» so‘zi ishlatilganida bu so‘z faqat bosh harf bilan yoziladi».
Nashrning ijrochi muharriri Din Bakening so‘zlariga ko‘ra, bu qaror qabul qilinishiga AQShdagi irqchilikka qarshi noroziliklar bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan. Yuzdan ortiq jurnalistlar o‘zaro kelishgan holda «qora» so‘zini afroamerikaliklarga nisbatan bosh harfda yozishga qaror qilgan.
Avvalroq Associated Press agentligi ana shunday tashabbus bilan chiqqandi.
May oxirlaridan buyon AQShda afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi ortidan ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid

18:40
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20
AQShda bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Barcha tirik qoldi

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025