Butun dunyo bo‘ylab qancha tibbiy xodim koronavirusga chalingani ma'lum qilindi
Dunyo bo‘ylab 90 mingdan ko‘proq tibbiy xodim koronavirusga chalingan. Biroq bu ko‘rsatkich aslidagidan kamroqdir, chunki ma'lumotlar barcha davlatlarni ham qamrab olmagan.

Foto: Sergey Bobylev/TASS
Bu haqda Xalqaro hamshiralar kengashi (ICN) ma'lum qilgan. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, kasallangan tibbiy xodimlar soni himoya vositalari taqchilligi davom etayotgani haqidagi xabarlar ortida aslidagidan past baholangan.
“Sog‘liqni saqlash ishchilari orasida koronavirusga chalinish holatlari 23 mingtaga ortib, ular 90 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, degan fikrdamiz. Biroq bu aslidagidan kamroq, chunki barcha davlatlar qamrab olinmagan”, deb aytgan ICN ijrochi direktori Govard Ketton.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida ta'kidlanishicha, unga a'zo 194 davlat koronavirusga chalingan tibbiy xodimlari bo‘yicha batafsil ma'lumot taqdim qilmayapti.
JSSTning bu boradagi oxirgi ma'lumotlari 11 aprelda chop etilgan bo‘lib, unda 22 ming tibbiy xodim kasallangan deb ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025