Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi bo‘lishi uchun ovoz berishdi
O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Ittifoqda «kuzatuvchi davlat» maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topildi.

Bugun, 28 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida kirishi masalasini ko‘rib chiqishdi.
Ushbu qaror bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatdan 86 nafari O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi bo‘lishini yoqlagan, 32 nafar deputat qarshi bo‘lgan, 14 nafari esa betaraf ovoz berishgan.
Reglamentga ko‘ra, endi Senatning navbatdagi yig‘ilishi bu qarorni tasdiqlashi lozim.
Keyin O‘zbekiston hukumati YeOIIga ittifoqda kuzatuvchi maqomida ishtirok etishni so‘rab ariza topshiradi. Bu so‘rov taxminan bir oy ichida bo‘lishi kutilmoqda.
Kun.uz’ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi chog‘ida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida a'zolik haqida rasman e'lon qilinadi.
Oldinroq «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov partiya O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi bo‘lib kirishiga qarshiligini bildirgan edi. «Partiya fraksiyasi ittifoqqa azo mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish kerak deb hisoblaydi», degandi u.
Mavzuga oid

18:31 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi

17:25 / 27.06.2025
YeOII bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi – prezident

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

20:15 / 26.12.2024