Buyuk Britaniya bilan Brexit masalasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi - YeI diplomatlari
O‘tgan haftada o‘tkazilgan muzokaralarda asosiy masalalar bo‘yicha sezilarli siljishga erishilmadi, navbatdagi muzokaralar 11 mayga belgilangan.

Foto: Reuters
Yevroittifoqdagi diplomatik manbalar YeI va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi Brexit’dan keyingi munosabatlar to‘g‘risidagi kelishuvni tayyorlash bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi deb hisoblamoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
"Biz boshi berk vaziyatdamiz. Yechimini topishi mumkin bo‘lgan ko‘plab arzimas texnik tafsilotlar mavjud, ammo har bir savol bo‘yicha har bir tomon o‘z maqsadiga erishishga urinmoqda va tafovutlar ulkan. Buni siyosiy turtkisiz yechib bo‘lmaydi, turtki esa yo‘q", - deya yevropalik diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
O‘tgan haftada o‘tkazilgan muzokaralarda asosiy masalalar bo‘yicha sezilarli siljishga erishilmadi, navbatdagi muzokaralar 11 mayga belgilangan.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini shu yilning 1 fevralida tark etdi. Bryussel va London yil oxiriga qadar o‘tish davri to‘g‘risida kelishib oldi. Tomonlar bu vaqt ichida kelgusi munosabatlarni qurish tartibi to‘g‘risidagi hujjatni kelishib olishi kerak.
Mavzuga oid

09:22 / 08.04.2025
Yevropa Ittifoqi Tramp bojlariga ikki bosqichda javob qaytaradi

23:36 / 06.04.2025
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi

21:06 / 04.04.2025
Yevropa Ittifoqida eng ko‘p soatbay ish haqi qaysi davlatlarda to‘lanadi?

17:22 / 04.04.2025