Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EP: YeI dasturi doirasida Ukrainaga to‘lovlar muzlatildi
Ukraina uchun favqulodda daromadlarni tezlashtirish uchun kredit dasturi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi to‘lovlari NABU va SAP bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmaguncha muzlatib qo‘yildi, deb yozadi «Ekonomicheskaya pravda» va «Yevropeyskaya pravda».

Foto: Siim Lõvi /ERR
24 iyul kuni Yevropa Ittifoqi vakillari diplomatik kanallar orqali Yuliya Sviridenko hukumatini Ukrainaga barcha moliyaviy yordam ajratishni to‘xtatayotgani haqida xabardor qildi. Bu haqda Ukrainaning «Ekonomicheskaya pravda» (EP) nashri hukumat, diplomatik doiralar va Oliy radadagi to‘rt manbaga tayanib xabar berdi. «Yevropeyskaya pravda» (YeP), o‘z navbatida, ma’lumot unga YeI tuzilmalari tomonidan tasdiqlanganligini xabar qildi. DW Yevropa komissiyasi vakillariga so‘rov yubordi.
Bunga sabab 22 iyulda 12414-sonli qonun loyihasining qabul qilinishi bo‘lib, u amalda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi (NABU) va korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuraturani (SAP) Ukraina bosh prokurori nazorati ostiga o‘tkazdi.
«Vaziyat tuzatilgunga qadar hammasi to‘xtatildi», — deb xabar berdi «Ekonomicheskaya pravda» manbasi.
EP ma’lumotlariga ko‘ra, gap, birinchi navbatda, Ukraina uchun Favqulodda daromadlarni tezlashtirish kreditlari dasturi (Extraordinary Revenue Acceleration Loans for Ukraine, ERA)ga YeIning hissasi haqida ketyapti. Ushbu mexanizmga ko‘ra, yil oxirigacha Kiyev Yevropa Ittifoqidan 20 milliard AQSh dollari olishi kerak edi.
Mavzuga oid

23:05 / 31.07.2025
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi

22:53 / 31.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi

21:10 / 31.07.2025
Rossiya harbiylari Chasiv Yar egallanganini e’lon qildi, Ukraina tomoni buni rad etmoqda

19:42 / 31.07.2025