Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Motors O‘zbekistonga tibbiy qurilmalar jo‘natdi
O‘zbekistonni koronavirusga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash maqsadida 27 aprelda Janubiy Koreyadan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida General Motors kompaniyasi va avtomobil ehtiyot qismlari yetkazib beruvchi koreys kompaniyalari bergan tibbiy qurilmalar keltirildi.

Foto: «Dunyo» AA
Tibbiy qurilmalarning umumiy qiymati 2 mlrd so‘mga yaqinni tashkil qiladi. O‘zbekistonga 26 ta kardiomonitor va 25 ta portativ ultratovush skaner yetkazildi.
“Bu GM kompaniyasi va koreys yetkazib beruvchilari yordamidir. Umid qilamizki, ushbu yordam O‘zbekistonda bebaho hayotlarni saqlab qolishda yordam beradi. Biz ushbu xavfli virusga qarshi kurashda eng ezgu tilaklarni bildirib qolamiz”, deyilgan General Motors xabarida.
Mavzuga oid

14:03
Isroilning G‘azodagi Gumanitar fondi sobiq qo‘riqchisi harbiy jinoyatlarga guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi

09:57
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda

07:36 / 25.07.2025
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

15:03 / 22.07.2025