Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi
Rossiya va Turkiya prezidentlarining muzokaralaridan keyin Suriyaning Idlib viloyatida 6 mart yarimtunda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi.

Foto: REUTERS/Umit Bektas
Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uchrashuvi natijalariga ko‘ra tuzilgan memorandumda Suriyaning shimolidagi M4 trassasi yaqinida 12 kilometrlik xavfsizlik yo‘lagi tashkil etilishi ma'lum qilingan. Tomonlar bu hudud bo‘ylab 15 martdan patrullashni boshlashga kelishib olishgan. Yarashuv rejimi boshlangandan keyin Idlibdagi jangovar harakatlar to‘xtatiladi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, Moskva va Anqara Idlibda BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan terrorchilik guruhlari deb tan olingan barcha guruhlarni yo‘q qilishga kelishib olgan.
5 mart kuni Kremlda Suriyadagi vazit bo‘yicha Rossiya-Turkiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

17:47 / 17.04.2025
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters

17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

00:07 / 16.04.2025