Saudiya Arabistoni Istanbuldagi jurnalist o‘ldirilgan konsulligi binosini sotib yubordi – OAV

Foto: AP Photo/Emrah Gurel
Saudiya Arabistoni bir oycha avval 2018 yil oktyabrda saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgan Istanbuldagi konsulligi binosini sotib yuborgan. Bu haqda Haberturk TV telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Istanbulning nufuzli tumani Leventda joylashgan bino bozor narxidan 3 barobar arzonroqqa sotib yuborilgan. Binoning yangi egasi kimligi noma'lum.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni konsulligi AQSh konsulligi joylashgan Istanbul viloyatidagi Sariyer tumaniga ko‘chib o‘tgan.
Telekanalning ta'kidlashicha, binoni sotish uchun Saudiya Arabistoni Turkiya tashqi ishlar vazirligidan ruxsat olishi kerak bo‘lgan. Biroq vazirlik vakili ularda binoning sotilganini tasdiqlovchi hech qanday ma'lumot yo‘qligini aytgan.
Avvalroq Saudiya Arabistonida Qoshiqchi ishi bo‘yicha tergov harakatlari vaqtida konsullik binosida yashirin eshitish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligi xavotiri sababli bino almashtirilmoqchiligi ma'lum qilingan.
Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga bo‘lg‘usi nikohi uchun hujjatlarni rasmiylashtirgani kelgan. Shundan keyin uni hech kim ko‘rmagan. Keyinroq jurnalist konsullik binosida o‘ldirilib, jasadi bo‘laklanib, konsullikdan olib chiqib ketilgani aniqlangan.
Ushbu qotillik bo‘yicha Turkiya va Saudiya Arabistoni alohida-alohida tergov olib bormoqda.
Mavzuga oid

16:20 / 17.04.2025
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

18:12 / 12.04.2025