Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Olmazor tumanining zo‘ravon «zamhokim»i harakatlariga munosabat bildirdi

23 avgust kuni Milliy matbuot markazida jurnalist va blogerlar uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan «Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar» mavzuida anjuman o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Qutbiddin Burxonov Kun.uz sayti xodimlari va Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari o‘rtasidagi ziddiyatli voqea hamda unda ichki ishlar xodimining hech qanday harakat qilmay, tomoshabin bo‘lib turganiga munosabat bildirdi.
«Bu bo‘yicha hozir boshqa sohadagilar xizmat tekshiruvi o‘tkazishyapti. Agar e'tibor berilsa, bunda juda katta qarama-qarshiliklar bor. Hokim o‘rinbosari ham, jurnalist ham bir-birining gapidan tonyapti. U o‘zinikini, bu o‘zinikini isbotlashga harakat qilyapti. Bahsli holatda urmasa, so‘kmasa, bir-birini haqorat qilmasa, ichki ishlar xodimining aralashishga haqqi yo‘q», – dedi Qutbiddin Burxonov.
IIV rasmiysining ta'kidicha, Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Kun.uz sayti vakillarining shtativini sindirgan va ularga tashlangan paytda IIB xodimi har ikki tomonni to‘xtatishi shart edi.
«Ichki ishlar xodimi har qanday huquqbuzarlikning oldini olishga majbur», deb qayd etib o‘tdi u.
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

11:17 / 18.06.2025