Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi
Deputat, shuningdek, magistral yo‘llarning aholi yashash punktidan tashqari qismlarida tezlikni 130 km/soatgacha oshirishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqishni ilgari surdi. Qodirovga ko‘ra, ichki ishlar tizimida vazirlikdagi mansabdorning jiyani yoki hamqishloqlari emas, ishini yaxshi biladigan qorako‘zlar ishlashi kerak.

Foto: platesmania.com
O‘zbekiston prezidenti 9 iyul kungi selektorda yo‘llardagi xavfsizlik bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslarga asosan, “Milliy tiklanish” partiyasi qonunlarni o‘zgartirish bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlaydi. Bu haqda partiya raisi Alisher Qodirov ma’lum qildi.
“24 million qoidabuzarlik, shundan 19 milliontasi tezlik bilan bog‘liq. Bu yerda nimadir noto‘g‘ri ishlayapti.
Tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi kerak. Masalan, magistral yo‘l, masofa uzoq, aholi yashash punkti emas, nega 130 yurish mumkinmas?
Qizilda o‘tish, cheklangan joyda ikki karra tez yurish, avariya xavfi yaratib qasddan tartibsiz harakat… marhamat, ayovsiz jarimani bosish kerak, lekin ayrim jazolar bo‘yicha haydovchilarning ham fikri bilan qiziqish zarur”, – deya yozdi Qodirov Telegram'dagi kanalida.
Uning fikricha, davlat organlarining xizmat avtolariga alohida e’tiborni ta’qiqlash – kechikkan qaror. Tartib hammaga bir bo‘lish kerak, deydi deputat.
“40-50 yillik avtomashinalarni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish – juda to‘g‘ri taklif. Hatto bu cheklovni 25-30 yilga tushirish ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Faqat mashinani almashtirish uchun qulay takliflar bo‘lishi kerak”, – ta’kidlaydi Qodirov.
Partiya rahbari ichki ishlar tizimi xodimlarini tayyorlash bo‘yicha tashabbusni “o‘rinli va og‘riqli muammo” deb atadi. “Bu sohada ishini yaxshi biladigan, o‘qigan, har tomonlama jamiyatga namuna bo‘ladigan qorako‘zlar ishlashi kerak, vazirlikdagi mansabdorning jiyan yoki hamqishloqlari emas. Jamiyat formadagi xodimlar bilan faxrlanishi kerak”, – dedi u.
Qodirovning qayd etishicha, tartib – hayotiy zarurat, u hammaga kerak. Cheklovlar va jazolarsiz esa tartibni ta’minlab bo‘lmaydi.
Qonunlarni o‘zgartirish bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlaymiz, deya qo‘shimcha qildi Alisher Qodirov.
Mavzuga oid

23:53 / 04.07.2025
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

19:07 / 01.07.2025