Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘zbekistonlik hunarmand ayolning savdo uyi tashkil etildi

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabar berishicha, Filadelfiya shahrida (Pensilvaniya shtati, AQSh) shahrisabzlik taniqli hunarmand ayol Gulnora Odilovaning «Gulnor» savdo uyi tashkil etildi.
Ushbu savdo maydonchasida «Gulnor» brendi ostida ipakdan tayyorlangan tekstil mahsulotlari sotiladi hamda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning tekstil mahsulotlari ko‘rgazma va yarmarkalari o‘tkaziluvchi doimiy «shou-rum» faoliyat ko‘rsatadi.
Savdo uyining rasmiy ochilish marosimi sentabr oyida o‘tkaziladi, marosimda Amerika kompaniyalari, OAV vakillari, riteylerlar va dizaynerlar taklif etilishi rejalashtirilgan.
10-14 avgust kunlari Nyu-Yorkda O‘zbekiston elchixonasi tomonidan «Gulnor» savdo uyining «New York NOW: MARKET FOR HOME AND LIFESTYLE» xalqaro ko‘rgazmasidagi ilk ishtiroki tashkil etildi.
Ko‘rgazmada ipakdan tayyorlangan «iroqi» uslubidagi Shahrisabz an'anaviy to‘qimachilik mahsulotlari namoyish etildi.
«Gulnor» savdo uyi tomonidan ko‘rgazmada 20 ming dollarlik mahsulotlar sotildi. Tadbir yakunlariga ko‘ra riteylerlar, dizaynerlar, chakana xaridorlar bilan 50 ming dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Mavzuga oid

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

18:43 / 15.07.2025
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

15:16 / 15.07.2025