O‘zbekiston rossiyalik beshkurashchilar mahalliylashtirilgani uchun kompensatsiya to‘lamaydi

Aleksandr Savkin va Alise Faxrutdinova
Rossiya Zamonaviy beshkurash federatsiyasi Aleksandr Savkin va Alise Faxrutdinovaning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga o‘tgani uchun tovon puli talab qilmaslik to‘g‘risidagi qarorga keldi.
«Yaqinda O‘zbekistonda milliy federatsiya qayta tashkil etildi, beshkurash endigina rivojlanmoqda. Olimpiya o‘yinlariga bir yil qolganda yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlay olish imkonsiz ekanini hamma yaxshi tushunadi, shuning uchun O‘zbekiston federatsiyasi bizga yordam so‘rab murojaat qildi. Natijada ikki sportchimiz sport fuqaroligini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi hamda bundan buyon O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Buning uchun hech qanday tovon puli berilmadi.
Natijalar ushbu sportchilarning Rossiya terma jamoasi safiga kirishiga imkon bermaydi. Sport me'yorlari bo‘yicha ularning yoshi ancha katta ekani hisobga olinsa, ularda bizning jamoa tarkibida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyati yo‘q. Biroq, endi ular O‘zbekiston milliy terma jamoasida qatnashish orqali o‘z orzularini amalga oshirishlari mumkin», - deya Rossiya Zamonaviy beshkurash federatsiyasi rahbari Vyacheslav Aminovning so‘zlarini keltiradi TASS.
Bundan oldin, O‘zbekiston yana ikki rossiyalik sportchini mahalliylashtirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

13:33
Rossiyadagi «chet el agentlari» ro‘yxati jurnalistlar va blogerlar bilan to‘ldirildi

13:03
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

12:01
OAV: Rossiyada yuzga yaqin dezertir yana harbiy qismdan qochishga urindi

10:36