Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 500 kishiga bepul uy berildi
3-4 iyun kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 500 kishiga Prezident sovg‘asi – bepul uy kalitlari topshirildi.
Poytaxtning jami 11ta tumanidan komissiya asosida tanlab olingan ikki toifadagi fuqarolarga – uy-joyga muhtoj, og‘ir vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz ayollarga hamda Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlarining ilmiy tadqiqotchilari, oliy ta'lim muassasalarida ilmiy izlanish olib borayotgan doktorant va tayanch doktorantlariga Sergeli tumani Shoshtepa mahallasi O‘zar ko‘chasida Turkiya texnologiyalari asosida bunyod etilgan yangi ko‘pqavatli uylarning kalitlari topshirildi.
Yangi uy kalitlarini topshirish marosimida Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, hokim o‘rinbosari Dilbar Najmiddinova nutq so‘zladi.
«Oilalarning farovonligini ta'minlash, unda tarbiya topayotgan farzandlarning har jihatdan barkamol bo‘lishi uchun barcha qulayliklarga ega turar joyning bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu Ramazon hayiti arafasida qilinayotgan mazkur xayrli ishning davlat siyosati darajasida ekanligini ko‘rsatadi», – deydi u.
«Islohotlarni chetdan kuzatish yaxshi. Ammo yurtingda bo‘layotgan o‘zgarishlarning ta'sirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z hayotingda his qilish boshqacha ekan. Hayotimdagi qiyinchiliklardan so‘ng hukumatning ko‘rsatgan moddiy yordamidan juda xursandman», – deydi yangi uyga sohib bo‘lgan Rimma Xachaturyan.
Shuningdek, kalitlarni topshirish tantanasidan so‘ng yangi uy sohiblari uchun iftorlik dasturxoni ham yozildi.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025