Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehqonobodda yuk avtomobili yonib ketishi oqibatida ikki kishi shifoxonaga tushdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 1 iyun kuni soat 20:44 da Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Istiqlol” MFY, M.Ahmedov ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “GAZ-53” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Dehqonobod tumani YoXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Bo‘linmalarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining motor, salon va bort qismi qisman zararlangan hamda ustiga ortilgan xashagi yongan. Yuk avtomobilidagi yong‘inni o‘chirishga uringan haydovchi fuqaro R.M. va yo‘lovchi fuqaro D.X.lar kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Yong‘inning taxminiy sababi avtomobilning elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

12:32
Chilonzorda yong‘in oqibatida "Lasetti" va "Spark" avtomobillari zarar ko‘rdi

21:20 / 11.07.2025
Toshkentda savdo korxonasida yong‘in chiqdi

10:41 / 11.07.2025
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi

10:03 / 11.07.2025