Putin Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazasi nima uchun kerakligini aytdi

Foto: REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik hamkasbi Sooronbay Jeenbekov bilan muzokaralar chog‘ida mamlakat hududidagi Rossiya harbiy bazasi haqida gapirdi. Bu haqda «Gazeta.ru» muxbiri xabar bermoqda.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchaytiriladi, Qirg‘iziston hududida joylashtirilgan harbiy baza esa respublika mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi.
«... uning mavjudligi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikning muhim omili hisoblanadi», - dedi Putin.
Bundan oldin, Putin Bishkekka kelgani va gvardiyachilarga qirg‘iz tilida murojaat qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

11:57 / 28.06.2025
Kreml Ukraina bilan muzokaralarning uchinchi bosqichiga tayyor

09:34 / 28.06.2025
Putin G‘arb davlatlari iqtisodiyoti haqida: «Tez orada yo‘q bo‘lib ketadi»

08:40 / 28.06.2025
Vladimir Putin: Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro ortda qoldi

21:44 / 27.06.2025