Misrning Sharm-ash-Shayx kurorti devor bilan o‘ralmoqda

Misr hukumati Sharm-ash-Shayx kurorti atrofida beton devor qurish bo‘yicha ishlarni boshladi, deb xabar berdi The Guardian nashri. Biroq, qurilishning surati borligiga qaramay, Janubiy Sinay gubernatori devor qurilayotganini inkor qilgan.
Nashrning yozishicha, suratlar va videolavhalar beton to‘siq qurilayotganini tasdiqlamoqda. Uning balandligi 6 metrni tashkil qiladi.
“Bu devormas. Bizda devor yo‘q”, deb aytgan Janubiy Sinay gubernatori Xolid Fuda. Uning aytishicha, loyiha baland beton to‘siqlar va 37 kilometrlik tikanli sim to‘siqni hamda shaharga kirish uchun 4 ta “chiroyli eshik”ni o‘z ichiga oladi. Gubernatorning aytishicha, bu loyiha shaharni bezash va xavfsiz qilishga qaratilgan. “Biz buni kelajakni ko‘zda tutib qilmoqdamiz. Loyiha shaharga turizmdan boy berilgan mablag‘larni qaytarishga yordam beradi”, deb aytgan gubernator.
Shahar atrofida bunday devor qurish rejalari 2005 yilda ko‘rib chiqilgan, biroq o‘shanda bu g‘oyadan voz kechilgan.
Noma'lum bo‘lib qolishni istagan mahalliy fuqaroning aytishicha, xavfsizlikni ta'minlash uchun shahar atrofi nazorat-o‘tkazish punktlari va kameralar bilan o‘ralmoqda. “Bu biz uchun kulgili. Joyning go‘zalligi devor bilan to‘silgan. Shahar o‘zining tog‘lari va cho‘llari bilan mashhur, devor esa bu manzaraga putur yetkazadi”, deb aytgan manba.
Mahalliy aholining aytishicha, devor kurortni xavfsizroq qilmaydi, terrorchilarni to‘xtata olmaydi, aksincha odamlar g‘ashiga tegadi. “Shahardan chiquvchi har qanday sayyoh undan tashqarida o‘zini xavf ostida deb o‘ylay boshlaydi va bu aksincha dam oluvchilar soniga salbiy ta'sir qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan misrlik.
Mavzuga oid

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025
Misrda 3600 yil avval hukmronlik qilgan sirli fir’avnning qabri topildi

00:41 / 14.03.2025