Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “Umid va ishonch ko‘prigi” oshkora va bepul telefon tarmoqlari ishga tushirildi

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati
Andijon viloyatining Bo‘z tumanida aholi va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘rganish uchun o‘zgacha qulaylik yaratildi. Tumanning 4 ta sektor hududi - G‘olib, Guliston, Pillakor, Guzar MFY o‘ramlarida “Umid ishonch ko‘prigi” oshkora va bepul telefon tarmoqlari ishga tushirildi, deb xabar berdi Andijon IIB matbuot xizmati.

Tizim orqali fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar borasida sektor rahbarlariga hamda tumandagi boshqa tashkilot mutasaddilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali murojaat qilishlari mumkin.

Mazkur telefon tarmoqlari 24 soat mobaynida ish faoliyatida bo‘lib, fuqarolarning mutasaddilar qabul kunlarini kutmasdan murojaat qilishlariga imkoniyat yaratdi. Ushbu maskanlarda viloyat va tumanda faoliyat yurituvchi barcha tashkilotlarning aloqa uchun kerakli bo‘lgan ma'lumoti jamlangan.

Qayd etish joizki, tumanda 70 ming nafarga yaqin aholidan tarkib topgan 25 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, hududda aholi punktlari bir biridan tarqoq va markazdan uzoqda joylashgan.

Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025