OAV: Oq uy AQShda favqulodda holat rejimini e'lon qilish bo‘yicha deklaratsiya tayyorlamoqda

Foto: AFP/Getty Images
Oq uy amaldorlari AQSh prezidenti Donald Tramp uchun favqulodda holat rejimini e'lon qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya loyihasini tayyorlashmoqda, uning davomida Amerika yetakchisi Meksika bilan chegarada devor qurish uchun pul to‘lashga davlatni majburlaydi. Bu haqda CNN telekanali hujjat loyihasiga asosan xabar bermoqda.
«Qo‘shma Shtatlarga har kuni noqonuniy ravishda kirib kelayotgan juda ko‘plab noqonuniy migrantlar mamlakatdagi xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solyapti hamda favqulodda vaziyatni yaratmoqda», - deyiladi deklaratsiya loyihasida.
Hujjatga muvofiq, Oq uy davlatlar chegarasida to‘siq barpo etish uchun 7 milliard dollar ajratishni talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WP AQSh respublikachilar partiyasi nimaga aylanganini so‘zlab bergandi.
Mavzuga oid

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025