OAV: Ivanka Tramp Jahon banki rahbariga aylanishi mumkin

Foto: REUTERS/Yuri Gripas
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Jahon banki rahbariga aylanishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» Financial Times’ga tayangan holda xabar qilmoqda.
Shuningdek, ushbu lavozimga da'vogarlar orasida AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli ham bor.
Qayd etilishicha, nashr ushbu ma'lumot manbasini ko‘rsatmagan.
Ta'kidlanishicha, Jahon bankining amaldagi rahbari Jim Yen Kim 1 fevral kuni o‘z lavozimini tark etadi. Ijrochi direktor Kristalina Georgiyeva tashkilot prezidenti vazifasini bajaruvchiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki dunyodagi iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirgani, ammo O‘zbekiston uchun prognozni tasdiqlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

10:41 / 07.04.2025
O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi

18:12 / 07.03.2025