Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi
Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.
Bank vakolatxonasi ma’lum qilishicha, mablag‘lar fuqarolar va xususiy sektorning geofazoviy ma’lumotlardan foydalanishini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Loyiha davlat xizmatlarini raqamlashtirishni davom ettirishga ko‘maklashadi va butun mamlakat bo‘ylab hududiy rivojlanishga hissa qo‘shadi.
O‘zbekiston hukumati loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun 5,7 million dollar atrofida mablag‘ ajratadi. Loyiha O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan 2025—2030 yillarda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

18:38 / 30.06.2025
Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi

11:59 / 28.06.2025
Oliy sud elektr ta’minotidagi muammolar sababli interaktiv xizmatlarini vaqtincha to‘xtatdi

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

11:24 / 22.05.2025