Vashington Gulenni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini bildirdi

Foto: RIA Novosti / Natalya Seliverstova
Tramp ma'muriyati turkiyalik muxolifatchi Fathulloh Gulenni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini bildirdi, deb xabar qildi Bloomberg.
Payshanba kuni NBC telekanali ismi oshkor etilmagan manbalarga tayanib Qo‘shma Shtatlar Fathulloh Gulenni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasini o‘rganayotganligini xabar qilgandi. Telekanalning ma'lum qilishicha, FQB va AQSh adliya vazirligi Gulenni ekstraditsiya qilish bo‘yicha qaytadan ish ochish yuzasidan topshiriq olgan, ichki xavfsizlik vazirligiga esa uning AQShda bo‘lishining huquqiy maqomi to‘g‘risida ma'lumot berish so‘ralgan.
Anqara 83ta davlatdan Gulenning FETO tashkilotiga aloqador 452 nafar shaxsni Turkiyaga topshirishni so‘ramoqda. Turkiya hukumati FETO tashkilotini 2016 yil iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinishda aloqador deb hisoblamoqda. Turkiyada bu ish yuzasidan shu kungacha 50 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, 160 mingdan ortiq davlat xizmatchilari va harbiylar ishdan bo‘shatilgan.
Mavzuga oid

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025