Navoiy viloyatida mudhish YTH: 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: KUN.UZ
Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil 10 oktabr kuni soat 06:20 da olingan ma'lumotga asosan, shu kuni soat 01:20larda Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 «Qiziltepa-Karmana» avtomobil yo‘lining 188-km.da harakatlanib ketayotgan «Neksiya-2» rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «SHAANXI SX» rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
FVV axborot xizmati xabariga ko‘ra, YTH natijasida 7 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.
Halok bo‘lgan fuqarolar:
1. G‘afur Raxmatov, 1985 y.t. («Neksiya» avtomobili haydovchisi).
2. Intizor Jo‘rayeva, 1986 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).
3. Zarnigor Jo‘rayeva, 1991 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).
4. Fayoz Shaxriyorov, 1987 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).
5. Asadbek G‘ulomov, 2010 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).
6. Shoxrux G‘ulomov, 2013 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).
7. Firdavs Sobirov, 2016 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

15:03 / 04.05.2025
Navoiyda ikki nafar yoshlar yetakchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi

18:28 / 01.05.2025