Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Davron Nazarmuhamedov Interpol vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Foto: IIV
O‘zbekiston Respublikasi IIVda Interpol vitse-prezidenti - Rossiya Federatsiyasi IIV Interpol milliy markazi byurosi boshlig‘i politsiya general-mayori Aleksandr Prokopchuk va Rossiya Federatsiyasi IIVning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili politsiya polkovnigi Yevgeniy Fedotov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov qabul qildi.
Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti - Interpol dunyodagi eng yirik xalqaro politsiya tashkiloti hisoblanadi. Bu tashkilot turli mamlakatlar politsiya xizmatlarining hamkorligini ta'minlaydi va maqsadi umumiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘lgan davlatlarning huquq-tartibot organlari hamda xalqaro hududiy tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga yordam beradi.
Uchrashuv davomida Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti – Interpol faoliyatida Rossiya va O‘zbekistonning transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

23:47 / 08.07.2025
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi

23:33 / 03.07.2025