Damashq yaqiniga raketa hujumi amalga oshirildi

Suriya poytaxti Damashq shahri atrofidagi hududlarga raketa zarbasi yo‘llandi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Suriya maxsus xizmatlariga asoslangan holda xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshi «Mezze» harbiy aedromiga raketalar kelib tushganini ma'lum qilgan, hujum oqibatida hududda joylashgan o‘q-dori omborlarida portlashlar yuzaga kelgan. Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari raketalarning bir qismini bartaraf etgan.
Times of Israel gazetasi xabariga ko‘ra, hujum Isroil samolyotlari tomonidan amalga oshirilgandi.
Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyadagi obektlar bo‘ylab doimiy ravishda raketa zarbalari berib keladi. Ammo rasmiy Quddus bu hujumlarga aloqadorligini inkor qiladi. 16 avgust kuni ham Halab shimolidagi suriyalik harbiylarga havo hujumi uyushtirilgandi, 12 iyulga o‘tar kechasi esa isroilliklarning samolyotlari chegaradagi Kuneytra provinsiyasida joylashgan harbiy obektlarga bomba yog‘dirgan, undan avvalroq Homs provinsiyasidagi «Tifor» (T-4) aviabazasi hujumga yo‘liqqan.
Mavzuga oid

13:43
Isroil Germaniya TIVni HAMAS jangchilarini rag‘batlantirishda aybladi

08:45
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi

08:11 / 14.04.2025
Isroil armiyasi G‘azoda 1,2 kmlik tunnelni yo‘q qildi

19:47 / 13.04.2025