Kim Chen In akasining o‘ldirilishiga guvoh bo‘lgan ikki ayol yo‘qolib qoldi

Foto: Shizuo Kambayashi/AP
Malayziya politsiyasi Indoneziyadan bo‘lgan ikki nafar ayolni qidiruvga berdi. Ular Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan guvohlar sanaladi. Bu haqda «New Straits Times» nashri Selangor shtatining huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy boshqarmasi boshlig‘i Fodzil Ahmadning bayonotiga asoslanib yozmoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Malayziya politsiyasi 24 yoshli Reysa Salma va 33 yoshli Azirul Nizoma bilan aloqa o‘rnata olmayapti. Politsiya vakilining qayd etishicha, ularning so‘nggi bor mahalliy mehmonxonalardan birida ko‘rishgan.
«Ular KXDR fuqarosini qasddan o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha guvohlar hisoblanadi, shuning uchun qidiruvga berildi», - deya aniqlik kiritgan Ahmad.

Shimoliy Koreya rahbarining akasi Kim Chen Nam o‘tgan yili Kuala-Lumpur aeroportida 45 yoshida o‘ldirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In KXDRdagi tibbiyot sohasi ahvolidan darg‘azab bo‘lgandi.
Mavzuga oid

15:06 / 07.06.2025
Malayziya O‘zbekistonda avtoyo‘llar holati bo‘yicha ma’lumot bazasini yaratadi

14:40 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma dasturlar tashkil etadi

10:51 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya maktab o‘qituvchilari malakasini oshiradi

14:50 / 13.05.2025