Pentagon O‘rta Yer dengizidagi Rossiya mashqlariga izoh berdi

Foto: RIA Novosti
Pentagonning umid bildirishicha, O‘rta Yer dengizida rejalashtirilayotgan mashqlar davomida Rossiya kemalari o‘zini «xavfsiz va professional» tutadi. Bu haqda Amerika mahkamasi matbuot xizmati vakili Erik Peyxon ma'lum qildi, deb xabar beradi RIA «Novosti».
Peyxonning so‘zlariga ko‘ra, Pentagon rejalashtirilayotgan mashqlar haqida xabardor.
«AQSh harbiy-dengiz kuchlari an'anaviy ravishda O‘rta Yer dengizida va jahon dengiz yo‘llarida mavjuddir, hamda, boshqa istalgan mamlakat kabi, biz xalqaro suvlarda erkin harakat qilamiz. Shu tariqa, O‘rta Yer dengizida rus kemalari o‘zini xalqaro normalar va amaliyotlarga mos ravishda (boshqalar uchun) xavfsiz hamda professional tutishini kutmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi agentlik vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Pentagonning Suriya bo‘yicha yangi rejalarini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

10:05 / 04.06.2025
Pentagon fuqarolik xodimlariga IIVga chegarada vaqtincha yordam berishga ruxsat berdi

16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi

08:40 / 13.05.2025