Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi
U mudofaa vaziri Pit Hegset bilan harbiy xizmatchilar ehtiyojlari uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalasini muhokama qildi.

Foto: Reuters
AQSh Hukumat samaradorligi departamenti rahbari Ilon Mask Pentagonda mudofaa idorasi rahbari Pit Hegset bilan uchrashdi, deb xabar beradi Reuters. Ular harbiy xizmatchilar ehtiyojlari uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni muhokama qildi.
«Harbiy xizmatchilarimiz 21-asr tahdidlariga qarshi kurashish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlanishini kafolatlash maqsadida Mudofaa vazirligi sun’iy intellekt sohasidagi yetakchilar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishga urinadi», — deydi vazirlik vakili Shon Parnell.
Bu Maskning Pentagonga ikkinchi marotaba tashrif buyurishi. Mudofaa vaziri bilan uning birinchi uchrashuvi mart oyida bo‘lib o‘tgan, turli mish-mishlarga sabab bo‘lgandi: The New York Times mudofaa idorasi biznesmen bilan Xitoy va AQSh o‘rtasidagi ehtimoliy harbiy mojaro bo‘yicha strategiyani muhokama qilishni rejalashtirgani haqida yozgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu ma’lumotni yolg‘on deb atagan.
Pentagon vakillari ham OAVda tarqalgan «o‘ta maxfiy» brifingga oid xabarlarni yolg‘on deb atagan edi. 21 mart kuni jurnalistlar bilan suhbatda Tramp Tesla kompaniyasiga rahbarlik qiluvchi Ilon Maskda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lishi mumkinligi, shu bois hech qachon unga bunday ma’lumotlar bilan tanishishga ruxsat bermasligini tan olgan.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, buning fonida Pentagonda xodimlarni yolg‘on detektorida tekshirish boshlangan.
Mavzuga oid

15:50 / 13.07.2025
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

22:16 / 09.07.2025
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi

17:42 / 09.07.2025