Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydoni asalarilar sababli bir soatga yopildi
Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonida xot-dog sotadigan do‘kon soyaboniga kutilmaganda yuzlab asalarilar joylashib oldi. Politsiya asalarilarni maxsus changyutkich yordamida yig‘ishtirib olishi uchun maydon bir soatga yopib qo‘yildi.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, asalarilar esa Nyu-Yorkdan uzoq bo‘lmagan asalarichilik fermasiga jo‘natildi.
Bunday hodisa shaharda birinchi marta yuz berayotgani yo‘q: asalarilar yoz paytida tez-tez aholi gavjum joylarda paydo bo‘lib turishadi.
Mavzuga oid

18:51 / 01.06.2025
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi

21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi

23:03 / 11.03.2025