Toshkentda daraxtga borib urilgan avtobus haydovchisi yo‘lda uxlab qolgan

Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari jamoat transportlari haydovchilari bilan tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar, deb xabar beradi IIBB axborot xizmati.
Ularda yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, shuningdek transport vositasini boshqarish tartibi va sharoitlarini hisobga olish, yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish kabi mavzularda o‘zaro muloqot qilinmoqda.
“Ma'lumot o‘rnida, shu yilning 26 iyul kuni Yakkasaroy tumanida MAN rusumli avtobus bilan sodir bo‘lgan voqeani olaylik: haydovchining charchoq alomati bilan transport boshqaruviga o‘tirishi oqibatida yo‘lda uxlab qolgan”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, ushbu yil boshidan buyon Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan jamoat transportlari vositalarining holatiga doir 722 marta muloqot va monitoringlar olib borilgan. 851ta transport vositasida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilgan. Nosozlik aniqlangan 486ta transport vositasi yo‘nalishga qo‘yilmagan. 1013 nafar haydovchiga va 59 nafar mas'ul rahbar xodimlarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qoidabuzarliklar uchun ma'muriy bayonnomalar tuzilgan va 23ta yozma ogohlantirishlar yuborilgan.
Qayd etilishicha, jamoat transportlari vositalari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning asl sabab va omillarini aniqlash maqsadida yo‘nalishlardagi jamoat transporti vositalarida tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Mavzuga oid

21:51 / 11.04.2025
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

19:04 / 09.04.2025