Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari yakuniga yetmoqda.
3-o‘rin uchun bahsda Belgiya va Angliya terma jamoalari bellashdi.
4-daqiqadayoq Belgiya hisobni ochdi. Chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Toma Mene himoyachilardan chaqqonroq harakat qilib, darvozaga yo‘lladi. 82-daqiqada Eden Azar himoyachilar xatosidan foydalanib, darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib bordi va sovuqqonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi.
Natijada, Belgiya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta mundial bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
JCh-2018, 3-o‘rin uchun bahs
Belgiya – Angliya 2:0
14 iyul, Sankt-Peterburg, «Krestovskiy» stadioni
Gollar: 1:0 – 4 Mene, 2:0 – 82 Azar.
Belgiya – Kurtua, Kompani, Vertongen, Mene, Alderveyreld, Vittsel, Shadli (Vermalen, 39), de Bryuyne, Tilemans (Dembele, 78), Azar, Lukaku (Mertens, 60).
Angliya – Pikford, Jons, Stounz, Rouz (Lingard, 46), Maguayr, Delf, Loftus-Chik (Alli, 84), Sterling (Reshford, 46), Dayyer, Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Stounz (52), Maguayr (76).