Toshkentning “Malika” savdo majmuasi hududida pichoqbozlik ro‘y berdi
Toshkent shahrining elektronika va maishiy uy jihozlari sotiladigan “Malika” savdo majmuasida o‘zaro kelishmovchilik “pichoqbozlikka” aylanib ketdi. “UzNews.uz” mobil muxbirining ma'lum qilishicha, 8 iyul kuni sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ularning tarafkashlari tortishuvga aralashuvi pichoq bilan tan jarohati yetkazishgacha yetib borgan.
Mobil muxbirning yuborgan suratlarida futbolkasida qon dog‘i bor yigitni, yana ikki nafar yigit qo‘lida pichoq ushlab turganini ko‘rish mumkin.
Mazkur holat bo‘yicha KUN.UZ saytiga ma'lum qilishlaricha, ushbu hodisa bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 2-qismi "v" bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi

11:56 / 16.04.2025