09:00 / 05.07.2018
24161

Neymar jahon chempionati davomida qancha vaqtini maydonda yotib o‘tkazgani hisoblab chiqildi

Foto: RIA Novosti/Aleksey Malgavko

RTS Sport portali Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymar jahon chempionati doirasidagi to‘rtta o‘yin davomida 14 daqiqaga yaqin vaqtini maydonda yotib o‘tkazganini hisoblab chiqdi.

Jahon chempionati boshlanganidan buyon eng ko‘p qo‘pollik aynan unga nisbatan ishlatilgan – 23 marta. Qo‘polliklardan so‘ng maydonga qulagan Neymar jami 13 daqiqayu 50 soniya davomida chim ustida yotgan. Eng uzun “tanaffus” esa Meksikaga qarshi o‘yinda bo‘lgan – besh yarim daqiqa.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Braziliya terma jamoasi chorak finalda Belgiya termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top