04:11 / 29.06.2018
23946

JCh-2018’da avvalgi musobaqalarda kuzatilmagan natija qayd etildi

Foto: Getty Images

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Panama Tunis terma jamoasi darvozasiga 1ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu Panama terma jamoasining joriy mundialdagi 2-goli hisoblanadi. 2-turda panamaliklar Angliya terma jamoasi darvozasiga 1ta gol (6:1) urishgan edi. 

Shu tariqa, 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan har bir jamoa kamida 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. BBC bergan ma'lumotga ko‘ra, bu holat jahon chempionatlari tarixida ilk bor yuz berdi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top