Xalqaro koalitsiya Suriya va Iroqda tinch aholining o‘limidagi aybini tan oldi

Foto: REUTERS/Alaa al-Faqir
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Iroq va Suriyaga bergan aviazarbalarida 939 tinch fuqaro halok bo‘lgan. Bu haqda koalitsiya qo‘mondonligi vakillari ma'lum qilishdi.
Gap G‘arb IShIDga qarshi amaliyotni boshlagan 2014 yil avgustidan beri olingan ma'lumotlar haqida ketmoqda.
“Kamida 939 fuqarolik shaxsi koalitsiya tomonidan amalga oshirilgan bombardimonlar vaqtida o‘ldirilgan”, deb aytilgan dokladda. Hujjatda aytilishicha, tinch aholi ataylab o‘ldirilmagan.
Ta'kidlanishicha, koalitsiya samolyotlari 4 yil ichida Iroq va Suriya hududlariga 30 mingga yaqin aviazarba bergan.
Mavzuga oid

14:42
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

19:55 / 05.06.2025
G‘azo, Suriya va Eron: Yaqin Sharqdagi so‘nggi o‘zgarishlar tahlili

15:50 / 04.06.2025
Suriyaliklar Qurbon hayiti arafasida ommaviy ravishda uyga qaytyapti

11:45 / 04.06.2025