Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya – Ispaniya: Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Foto: Getty Images
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionati B guruhidan o‘rin olgan Ispaniyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti ma'lum qildi.
Sochidagi "Fisht" stadionida kechgan o‘yin 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ronaldu o‘z jamoasining barcha gollarini kiritdi.
Portugaliya terma jamoasi keyingi turda Marokashga qarshi kurashadi. Uchrashuv 20 iyun kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida o‘tkaziladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.