Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Paxtaobod tumani hokimligi
Bugun, 1 iyun kuni Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
2017 yil 2 apreldan buyon tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Farhodjon Hojimatov o‘z arizasiga ko‘ra, ishdan bo‘shatildi.
Tumanga Andijon viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mahmudjon Tursunovich Bozorov hokim etib tayinlandi.
Ma'lumot o‘rnida: Mahmudjon Bozorov turli yillarda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritib kelgan. U bugunga qadar Andijon viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Andijon viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi iqtisodiy tahlil, shartnomaviy munosabatlar, qishloq infrastrukturasi, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i va boshqa turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:44 / 18.06.2025
2,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

09:48 / 14.08.2024
Andijonda Ucell xodimi kompaniyaning qariyb 450 mln so‘m pulini onlayn birjaga tikib, yutqazib qo‘ydi

11:39 / 30.11.2023