Toshkentda fuqaroni noyob qushlar bahonasi bilan 33 ming dollarga «uxlatib» ketishdi

Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 17 may kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil mart oyidan sentabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Z.Ma'ruf ko‘chasida yashovchi S.N. Ibrat mahallasida yashovchi A.I.ga noyob turdagi qushlarni sotib katta foyda olishini aytib ishonchiga kirib, undan 33 ming 550 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
S.N.ni ushlash cho ralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi

11:56 / 16.04.2025