Lyuis Xemilton “Formula-1”ning Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

“Mersedes” jamoasining britaniyalik poygachisi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton “Formula-1”ning Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.
Marraga ikkinchi bo‘lib “Ferrari” a'zosi Kimi Raykkonen, uchinchi bo‘lib “Fors Indii” poygachisi, meksikalik Serxio Peres yetib keldi.
Poyganing umumiy jadvalida 4 ta poygadan keyin Xemilton 70 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi, uning ortidan “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel (66 ochko) kelmoqda. 3-o‘rinni Raykkonen (48 ochko) egallamoqda.
Poyganing keyingi bosqichi 11-13 may kunlari Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid

17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

11:13 / 21.11.2022