Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashqqa zarba berilishining ilk suratlari va videosi paydo bo‘ldi
AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyadagi birgalikdagi harbiy amaliyoti boshlangandan keyin Damashqning raketalardan o‘qqa tutilishining ilk suratlari va videosi e'lon qilindi.
Suriyaga qarshi harbiy amaliyot Vashington vaqti bilan soat 21:00da (Toshkent vaqti bilan soat 06:00da) boshlangan.

Zarbalarga bir nechta harbiy baza va ilmiy-tadqiqot markazi uchragan. Bu haqda g‘arb OAV ma'lum qilmoqda. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, gap Damashqda joylashgan obektlar haqida ketmoqda. Bu zarbalar qanday oqibatlarga olib kelgani ma'lum qilinmagan.

Suriya armiyasida S-200, “Buk” va boshqa turdagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari mavjud.
2011 yilda Suriya Rossiyadan 36 ta “Pantsir-S1” zenit-raketa majmualarini sotib olgani ma'lum qilingan.



Avvalroq Rossiya Harbiy fanlari akademiyasi vitse-prezidenti Sergey Modestov “Interfaks” axborot agentligiga AQSh Rossiyaning Suriyadagi obektlariga hujum qilmasligini, rossiyalik harbiylar esa bunga javoban AQSh kemalari va samolyotlarini nishonga olmasliklarini aytgandi.
“Amerikaliklar Suriyada bizning harbiylar joylashgan obektga hujum qilishi variantini istisno qilaman”, deb aytgandi Modestov.
Uning fikricha, ehtimol Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari suriyaliklarga zarbalarni qaytarishda yordam beradi.

Mavzuga oid

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025
AQSh: Isroil va Suriya otashkesimga kelishdi

22:22 / 18.07.2025