Rossiya: Skripallarning maxfiy ko‘chirilishini fuqarolarni o‘g‘irlash sifatida baholaymiz

Foto: Reuters
Rossiyaning Londondagi elchixonasi matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, Skripallning maxfiy ravishda boshqa joyga ko‘chirilishi Rossiya tomonidan mamlakat fuqarolarining o‘g‘irlanishi deb baholanadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Agarda Sergey va Yuliya Skripalning boshqa joyga maxfiy ko‘chirilishi amalga oshadigan bo‘lsa, ularning 4 mart kungi hodisalar bo‘yicha versiyasini eshitish imkoniyati yo‘qoladi. O‘z navbatida, ular bilan muloqot imkoniyati yo‘qqa chiqsa, unda butun dunyo bu vaziyatni Rossiyaning ikki fuqarosini o‘g‘irlab ketish yoki, kamida, ularning izolyatsiyasi sifatida baholashga yetarli asosi bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi matbuot kotibi.
Uning ta'kidlashicha, ko‘chirish xalqaro huquq normalarining «qo‘pol» buzilishi sifatida baholanadi. Shuningdek uning qayd etishicha, Britaniya tomoni Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanganidan so‘ng konsullik aloqalari bo‘yicha Vena konvensiyasi va ikki tomonlama Konsullik konvensiyasi majburiyatlarini bajarmayapti.
Mavzuga oid

12:43
Tramp: "Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi"

12:27
Asirlarni ozod qilishga tayyor HAMAS, Sudandagi jim genotsid va Tramp deportatsiyasini to‘xtatgan sud - kun dayjesti

08:36
Kellogg AQShning Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi ehtimoli haqida fikr bildirdi

21:47 / 20.04.2025